Fabian Ruis: «Kim o‘ynashi muhim emas — bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz muhim»

  • Mr.NoBoDy 01.07.2026 20:33
  • 413
  • 30

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Fabian Ruis Avstriyaga qarshi Jahon chempionatining 1/16 final uchrashuvi oldidan jamoadagi muhit haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Jarohatdan keyin temp va ritmni tiklab olish men uchun qiyin bo‘ldi, ammo hozir to‘liq tayyorman», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi The Telegraph.

«Kim o‘ynashi muhim emas — bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz muhim. Barchamiz futbolni bir xil tushunamiz. Yarim himoyachilardan istalgan biri maydonga tushib, jamoaga yordam bera oladi», dedi Ruis.

Ispaniya va Avstriya o‘rtasidagi uchrashuv 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar