Tuxel: «Germaniya va Niderlandiyaning JCH-2026 dan chiqib ketishi Angliyaga xotirjamlikka erishishga yordam beradi»

  • Mr.NoBoDy 01.07.2026 20:11
  • 472
  • 30

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Germaniya va Niderlandiya terma jamoalarining Jahon chempionati — 2026 ning ilk bosqichida kutilmaganda chiqib ketgani uning jamoasiga DR Kongoga qarshi 1/16 final uchrashuvi oldidan xotirjam bo‘lishga va haddan tashqari yuqori umidlardan qochishga yordam berishini aytdi.

«Pley-offdagi kubok o‘yinlarining tabiati aynan shundan iborat. Niderlandiya — Marokash to‘qnashuvi xuddi chorak final yoki yarim finaldek tuyuladi, ikkala jamoaning saviyasi tufayli Braziliya — Yaponiya juftligi ham har qanday turnirning kamida 1/4 finaliga loyiq edi. Bu shaxsan menga nimani ko‘rsatmoqda? Kanada qo‘shib berilgan vaqtda g‘alabani ilib ketdi, Marokash so‘nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirib, ishni oxirigacha yetkazdi, Germaniya esa penaltilar seriyasigacha borib mag‘lub bo‘ldi. Menimcha, bu ma’lum ma’noda bizni xotirjam qilishi mumkin.

Jamoalar juda yaxshi shakllangan, hamma yuqori darajada himoyalanmoqda va a’lo darajada tayyorlangan. Hozir har qanday terma jamoaga raqib mudofaasini yorib o‘tish qiyin, ayniqsa, sen favorit maqomida maydonga tushganingda va yo‘qotadigan hech vaqosi yo‘q raqibga qarshi o‘ynaganingda. Bu bizga fikrlarimizni bir joyga jamlashga, vaziyatni qabul qilishga va undan maksimal foyda chiqarishga yordam beradi», — deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar