Fransiya Jahon chempionatlari tarixida ilk bor ketma-ket beshta o‘yinda kamida uchtadan gol urgan jamoaga aylandi

  • Mr.NoBoDy 01.07.2026 05:33
  • 5021
  • 30

Fransiya terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixida ketma-ket beshta uchrashuvda uchta yoki undan ko‘p gol urgan ilk jamoa bo‘ldi. Bu haqda Squawka ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

1 iyul kuni Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 1/16 finalida Shvesiyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bundan avval fransuzlar ushbu mundialda Norvegiyani 4:1, Iroqni 3:0 va Senegalni 3:1 hisoblarida mag‘lub etgan edi. Shuningdek, 2022 yilgi Jahon chempionati finalida Argentinaga mag‘lub bo‘lgan uchrashuvda ham Fransiya asosiy va qo‘shimcha vaqt davomida uchta gol urgandi (3:3, penaltilar — 2:4).

Shu tariqa, Fransiya Jahon chempionatlari tarixida ketma-ket beshta bahsda kamida uchtadan gol urgan birinchi terma jamoa sifatida rekord o‘rnatdi.

Jahon chempionati–2026 1/8 finalida Fransiya 5 iyul kuni Paragvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar