
Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken JCH-2026 musobaqasining 1/16 finalida Kot-d'Ivuar ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu shunday his-tuyg‘ular va kuchli hayajonki, uni boshqa hech qayerda his qilib bo‘lmaydi. Biz jismoniy tomonlama juda baquvvat, ko‘plab vaziyatlarda kurashlarda g‘olib chiqqan ajoyib jamoaga qarshi o‘ynadik. Uchrashuvda tashabbus u tomonga, bu tomonga o‘tib turdi va istalgan jamoa g‘alaba qozonishi mumkindek tuyuldi. Menimcha, biz bir oz ko‘proq vaziyatlar yaratdik, shu sababli umumiy olib qaraganda ushbu g‘alabaga loyiq edik. Ammo raqib murabbiyiga achindim — barchasini kichik detallar hal qilib ketdi», — deya Solbakkenning so‘zlarini keltirmoqda FIFA matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Norvegiya terma jamoasi Kot-d'Ivuarni 2:1 hisobida mag‘lub etib, jahon chempionatining 1/8 finaliga yo‘l oldi. Ular ushbu bosqichda 5 iyul kuni Braziliyaga qarshi maydonga tushishadi.