Ronaldu Xorvatiyaga qarshi JCH pley-off o‘yini oldidan uchta so‘zdan iborat post qoldirdi

  • Mr.NoBoDy 01.07.2026 03:00
  • 57
  • 30

Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatining 1/16 finali doirasida Xorvatiyaga qarshi kechadigan muhim bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa sardori Krishtianu Ronaldu ijrosidagi mashg‘ulotlardan olingan bir nechta suratlarni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirdi.

Asosiy suratda Portugaliya milliy terma jamoasining 14 nafar futbolchisi, jumladan, Ronalduning o‘zi ham suratga tushgan.

«Toronto, biz tayyormiz!» — deya surat ostiga qisqacha izoh qoldirgan Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 3 iyul kuni Toronto shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar