
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan goli Jahon chempionati-2026dagi eng past yuzaga kelgan ehtimoliy gollar (xG) ko‘rsatkichiga ega gol sifatida qayd etildi.
OptaJose ma’lumotiga ko‘ra, mazkur vaziyatning yuzaga kelgan ehtimoliy gollar (xG) ko‘rsatkichi atigi 0,013 ni tashkil etgan.
Shomurodov hisobni o‘yinning 10-daqiqasida Akmal Mozgovoyning uzatmasidan so‘ng ochdi. Bu uning JCH-2026 musobaqasidagi ilk goli bo‘ldi.
Biroq uchrashuvning qolgan qismida Kongo DR tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Raqib safida Yoan Vissa dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golni Fiston Mayele kiritdi.
Jahon chempionati-2026. Final bosqichi. K guruhi, 3-tur
Kongo DR — O‘zbekiston — 3:1
Gollar: Shomurodov, 10 (0:1), Vissa, 68 (1:1), Mayele, 78 (2:1), Vissa, 90+1 (3:1).