Eldor Shomurodov JCH-2026dan chiqib ketgan O‘zbekiston terma jamoasining ishtirokiga baho berdi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 07:33
  • 439
  • 30

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Jahon chempionati-2026 guruh bosqichida barcha uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan jamoaning ishtiroki haqida fikr bildirdi.

«Endi biz o‘zimizning kamchiliklarimizni bilamiz. Jahon chempionati darajasida o‘zimizni sinab ko‘rdik. Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi uchrashuvlar biz uchun katta tajriba bo‘ldi. Agar 0 ochko to‘plagan bo‘lsak, demak hozirgi o‘rnimiz shu. Endi eng muhimi — o‘sishda davom etish. Muxlislarimizni quvontira olmaganimiz uchun ulardan uzr so‘rayman», — dedi Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Kolumbiya va Kongo DRga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan, Portugaliyaga esa 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Shomurodov esa turnir davomida terma jamoaning yagona goliga mualliflik qildi. U Kongo DRga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol etgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar