Ronalduning Portugaliyasi va Messining Argentinasi JCH-2026da qachon to'qnashishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 07:48
  • 502
  • 30

Jahon chempionati - 2026 navbatdagi o'yinlaridan so'ng pley-off setkasi uzil-kesil shakllandi.

Shu tariqa, Portugaliya va Argentina terma jamoalari faqatgina turnir finalida o'zaro to'qnash kelishlari mumkinligi oydinlashdi.

Portugaliyaliklar Kolumbiya, O'zbekiston va Kongo terma jamoalari joy olgan o'z guruhlarida ikkinchi o'rinni egallashdi. Jamoa besh ochko jamg'arib, ikkinchi pog'ona bilan pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Argentina esa, o'z navbatida, Avstriya, Jazoir va Iordaniya bilan bir guruhda birinchi o'rinni naqd qilib qo'ydi. So'nggi tur doirasidagi Iordaniyaga qarshi bahs hali davom etayotgan bo'lsa-da, janubiy amerikaliklar allaqachon 2:0 hisobida oldinda borishmoqda. Ushbu natija yakuniy hisobdan qati nazar, ularning kvartetda g'olib bo'lishini taminlaydi.

Shu tariqa, jamoalar turnir setkasining ikki xil yarmidan joy olishdi. Bu shuni anglatadiki, jahon chempionatidagi Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning uzoq kutilgan qarama-qarshiligi faqat bir shart bilan - agar har ikkala terma jamoa ham finalgacha yetib borsagina amalga oshishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar