
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kongo DRga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
— Birinchi bo‘limda juda ko‘p energiya sarfladik. Bugungacha jismoniy tayyorgarligimiz yaxshi edi, bugun ham shu jihatdan yaxshi harakat qildik. Raqibimiz ham jismoniy tomondan yaxshi shakllangan jamoa ekan. Biz o‘yindan oldin to‘pni nazorat qilmasak, qiyin bo‘lishini bilardik. Ikkinchi bo‘limda xatolar qildik va shu sababli gollar o‘tkazib yubordik.
Bugun birinchi taymni juda yaxshi boshladik, ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda esa xatolar qila boshladik.
Bu musobaqa men uchun ham, futbolchilar uchun ham katta tajriba bo‘ldi. O‘ylaymanki, bu kelajakda bizga katta motivasiya beradi.
Albatta, futbolchilar bilan juda ko‘p muloqot qildim. Guruhimizda kuchli jamoalarga qarshi o‘ynashimiz kerakligini bilardik. Lekin ushbu natijadan afsusdamiz.
Ha, biz xatolar qildik. Biroq men futbolchilardan umuman shikoyat qilmoqchi emasman. Ular qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishdi va men ulardan faxrlanaman.