JCH-2026. Portugaliya Kolumbiya durang o‘ynadi va guruhda 2-o‘rinni egalladi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 06:55
  • 113
  • 30

Jahon chempionati-2026 final bosqichi "K" guruhi 3-turidan o‘rin olgan Kolumbiya hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

AQSHning Mayami shahridagi «Xard Rok» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda g‘olib nomi aniqlanmadi va jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

Kolumbiya himoyachisi Davinson Sanches tomonidan o‘yinning 90+1-daqiqasida kiritilgan gol ofsayd sababli VAR tekshiruvidan so‘ng inobatga olinmadi.

Shu tariqa, har ikki jamoa ham Jahon chempionati-2026 pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Kolumbiya terma jamoasi 7 ochko bilan "K" guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Portugaliya esa uch turdan keyin 5 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinda qoldi.

Jahon chempionati-2026. "K" guruhi, 3-tur
Kolumbiya — Portugaliya — 0:0

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar