JCH-2026. O‘zbekiston uchinchi o‘yinda ham yutqazdi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 06:44
  • 1139
  • 30

Jahon chempionati-2026 guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv jamoamiz uchun omadli boshlandi. 10-daqiqada Eldor Shomurodov raqib himoyachilarining xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi va O‘zbekistonni oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay raqib ham gol urdi, ammo VAR tekshiruvidan keyin bu gol bekor qilindi.

Birinchi bo‘lim davomida o‘zbekistonlik futbolchilar tartibli himoyalanib, minimal ustunlikni saqlab qolishdi. Tanaffusga qadar Abduqodir Husanov sariq kartochka oldi, hakam esa birinchi bo‘limga yetti daqiqa qo‘shib berdi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin ssenariysi butunlay o‘zgardi. 66-daqiqada Kongo DR foydasiga penalti belgilandi. Bu vaziyatda Husanov raqib futbolchisini o‘z jarima maydoni ichida yiqitdi. Vissa 11 metrlik jarima zarbasini aniq bajarib, hisobni tenglashtirdi.

Shundan so‘ng raqib tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga oldi. 78-daqiqada Mayele Kongo DRni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan birinchi daqiqada Vissa o‘zining ikkinchi golini urib, bahsga nuqta qo‘ydi.

O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi bo‘limda ustunlikni saqlab qola olmadi va 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa jamoamiz Jahon chempionati-2026dagi ishtirokini guruh bosqichida yakunladi. Kongo DR esa nimchorak finalga yo‘l oldi. Janubiy Koreya esa ortga qaytadigan bo‘ldi.

Jahon chempionati-2026. "K" guruhi, 3-tur
28 iyun. Kanzas-Siti (AQSH)
Kongo DR — O‘zbekiston — 3:1
Gollar: Vissa 68 (pen.), 90+1, Mayele 78 — Eldor Shomurodov 10.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar