
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2026 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Kolumbiyaga qarshi bahsda jahon chempionatlari doirasidagi 25-uchrashuvini o‘tkazmoqda.
Shu tariqa, u ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Lotar Matteusga yetib oldi. Bu haqda OptaJose ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Endilikda Ronaldu va Matteus jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Bu borada faqat Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi oldinda bormoqda. Uning hisobida jahon chempionatlarida o‘tkazilgan 28 ta uchrashuv mavjud.
JCH-2026 musobaqasida Ronaldu hozirga qadar uchta o‘yinda ishtirok etib, ikki marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.