JCH-2026. Kongo DR – O'zbekiston 0:1 (matnli translyatsiya)

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 05:48
  • 7292
  • 30

Jahon chempionati "K" guruhi 3-turidan o'rin olgan Kongo DR – O'zbekiston uchrashuvi boshlanmoqda.

Jahon chempionati-2026

3-tur

Kongo DR – O'zbekiston 0:1 LIVE

Bosh hakam: Feliks Cvayer (Germaniya)

Yordamchi hakamlar: Robert Kempter, Kristian Ditc (Germaniya)

To'rtinchi hakam: Alexandro Ernandes (Ispaniya)

VAR hakami: Bastian Dankert (Germaniya)

VAR yordamchilari: Dennis Xigler (Niderlandiya), Jarred Jillett (Angliya)

Zaxira yordamchi hakami: Diego Sanches (Ispaniya)

O'yin direktori: Lusiana Antunes (Braziliya)

FIFA komissari: Maykl Song (Janubiy Koreya)

Gol: Eldor Shomurodov (Abbos Fayzullaev) 10, 0:1

Kongo DR: Lion.el Mpasi, Aaron Uan-Bissaka, Aksel Tuanzebe, Natanael Mbuku, Samuel Mutussami, Brayan Chipenga, Noa Sadiki, Sedrik Bakambu (Fiston Mayele, 52), Yoan Vissa, Shansel Mbemba (S), Artur Masuaku.

Zaxira: Timoti Fayulu, Mate Epolo, Stiv Kapuadi, Dilan Batubinsika, Ngalayel Mukau, Teo Bongonda, Gael Kakuta, Joris Kayembe, Meshak Elia, Aaron Tshibola, Sharl Pikel, Simon Banza, Gedeon Kalulu, Edo Kayembe.

O'zbekiston: Abduvoxid Ne'matov, Abdukodir Husanov, Hojiakbar Alijonov, Rustam Ashurmatov, Akmal Mozgovoy, Otabek Shukurov, Sherzod Nasrullaev, Eldor Shomurodov (S), Dostonbek Hamdamov, Abbosbek Fayzullaev, Jahongir O'rozov.

Zaxira: O'tkir Yusupov, Botirali Ergashev, Farruh Sayfiev, Jamshid Iskanderov, Odiljon Hamrobekov, Ruslanbek Jiyanov, Oston O'runov, Umar Eshmurodov, Abdulla Abdullaev, Azizjon G'aniev, Azizbek Amonov, Igor Sergeev, Sherzod Esanov, Behruzjon Karimov, Avazbek O'lmasaliev.

Ogohlantirish: Noah Sadiki (Kongo DR) 20, Abduqodir Husanov (O'zbekiston) 43, Natanael Mbuku (Kongo DR) 45+5, Sherzod Nasrullaev (O'zbekiston) 47

52. O'ZGARISH. Kongo DR, Sedrik Bakambu o'rniga Fiston Mayele tushdi.

51. ZARBAAAA. Alijonovning pasini Eldor Shomurodov zarbaga aylantirdi. Ammo zarba noaniq.

50. Kongo DR bosimni oshirmoqda. Vissa jarima maydonchamiz ichida zarba berdi. Noaniq.

47. OGOHLANTIRISH. Sherzod Nasrullaev raqibining kiymidan tortib qolgani uchun ogohlantirildi.

46. Tanaffusdan so'ng jamoalar tarkibida o'zgarish yo'q.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

photo_2026-06-28_05-36-42.jpg

Tanaffus. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+5. ZARBAA. Zarba juda kuchli ko'rinish oldi.

45+4. Juda qulay nuqtada jarima zarbasini ishladik. Ko'ramiz, bu qanday yakun topar ekan.

45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

43. OGOHLANTIRISH. Abduqodir Husanovga sariq kartochka ko'rsatildi.

41. Kongo DRning hujumini bartaraf etdik. Fayzullaev to'pni chiqarib yubordi.

37. ZARBAAAA. Doston Hamdamovning uzatmasifat zarbasini raqib posboni qaytardi.

34. Abbos Fayzullaevga tibbiy yordam ko'rsatildi. U qo'lini lat edirib oldi.

32. Cipenga texnikasi bilan ajralib turibdi. Bizdan Abbos Fayzullaev.

27. ZARBA. Vissa jarima maydonchamiz ichida zarba yo'lladi. Baxtimizga noaniq.

25. Standartlarda ishlanmalarimiz yo'q. Mirjalol Qosimovni bitta o'yinga qaytarib tursak ham bo'ladi.

25. O'yinga qaytdik. Bizda burchak zarbasi bor.

23. Suv ichib olish uchun tanaffus! Kerakli tanaffus, Kongo DR bosim qilayotgandi. Bu biroz hovurdan tushiradi.

20. OGOHLANTIRISH. Noah Sadiki, Kongo DR. Afrikaliklar juda qo'pol o'ynamoqda va bitta sariq kartochka kerak edi.

18. VAR vaziyatni ko'rdi va golni hisobga olmadi. Mbuku Nasrullaevni yuziga urgan edi. Ne'matovga ogohlik qo'ng'irog'i.

17. GOL. Kongo DR uchrashuvda hisobni tenglashtirdi. Maydon markazidan boshlangan hujum chap qanotga o'tdi, Mbuku aniq zarba bilan Ne'matov darvozasiga to'pni joyladi. VAR bor! Undan oldin Nasrullaevga qo'pollik ishlatildi-ku!

15. O'yin bizning nazoratimizda.

10. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. BO'LAR EKAN-KUUUUUUUU. Eldor Shomurodov jarima maydonchasi ichida juda sovuqqon o'ynadi va to'pni raqib darvozasi ustidan o'tkazib to'rga joylab qo'ydi. Unga Abbos juda yaxshi imkoniyat yaratib bergan edi. Shomurodov bundan foydalandi.

5. Bo'lar ekan-ku, qayerda edik shuncha paytgacha.

4. ZARBAAAA. Juda chiroyli kombinaciya tashkil qildik. Nasrullaev juda faol o'ynadi. Jarima maydonchasi ichida sovuqqonlik yetishmadi.

2. Ha, o'yindagi ilk hujum bizga tegishli bo'ldi. Bu kerak edi. Ishonchni qaytarib olish uchun ham kerak edi.

1. GOOOOOOOOL. Ilk daqiqalardan katta tezlikda oldinga o'tdik lekin Shomurodovning goli o'yindan tashqari holat sabab bekor qilindi. Bir qalqib tushdik.

  • O'yin boshlandi. Yoki bugun yoki 4 yildan keyin yoki hech qachon.

  • Jamoalar maydonga chiqib keldi. Ikki davlat madhiyalari yangradi.

    DSC_7747.JPG
  • Futbolchilarimiz mundialga muzqaymoq egani borishmaganini isbotlashlari kerak bo'lgan o'yin, okean ortiga borganlarga quruq qaytmasligini taminlaydigan o'yin.

  • “Oq bo'rilar” bugun Jahon chempionati guruh bosqichidagi oxirgi uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib - Kongo DR terma jamoasi.

  • Assalomu alaykum, tunlarni bedor o'tkazayotgan, tong nafasida O'zbekiston terma jamoasi uchrashuvini tomosha qilishga oshiqayotgan ishqibozlar

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar