JCH-2026. Xorvatiya Ganani mag'lub etib, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 04:08
  • 10209
  • 30

Jahon chempionatining "L" guruhi 3-turi doirasida Xorvatiya va Gana terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 2:1 hisobida xorvatlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Xorvatiya safida Petar Suchich (31-daqiqa) va Nikola Vlashich (83-daqiqa) gol kiritdi. Gananing yagona javob to'pini 73-daqiqada Derrik Lyukassen kiritdi.

Xorvatiya 3 ta o'yinda 2 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bilan 6 ochko jamg'arib, 2-o'rinni band etdi. Gana terma jamoasi 1 ta g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat natijasida 4 ochko to'plab, guruhda 3-o'rinda qoldi. Shunga qaramay, afrikaliklar eng yaxshi uchinchi o'rinlar qatorida pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Xorvatiya – Gana 2:1

Gollar: Petar Suchich (31), Nikola Vlashich (83) – Derrik Lyukassen (73)

Xorvatiya: Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Suchich, Modrich, Kovachich, Vlashich, Baturina, Perishich, Budimir.

Gana: Asare, Senaya, Adjeti, Lyukkassen, Mensa, Sibo, Parti, Ovusu, Ayyu, Semeno, Sulemana.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar