Didye Desham Fransiya terma jamoasi yig‘iniga qaytdi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 00:11
  • 32
  • 30

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham onasining vafoti munosabati bilan yurtiga borib kelganidan so‘ng milliy jamoa yig‘iniga qayta qo‘shildi.

Avvalroq mutaxassis yaqinlarining yonida bo‘lish va onasini so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimida ishtirok etish uchun AQSHda joylashgan terma jamoa qarorgohini tark etgan edi.

Shu sababli Desham JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida Norvegiyaga qarshi o‘yinda jamoani boshqara olmadi. Ushbu bahsda Fransiya 4:1 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi.

Uch tur yakunlariga ko‘ra, Fransiya 9 ochko to‘plab, I guruhida birinchi o‘rinni egalladi va JCH-2026 1/16 finalida Shvesiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар