"Navbahor" sobiq legionerining istagi amalga oshdi: O'zbekiston va Kongo DR Jahon chempionatida to'qnash keladi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 16:56
  • 519
  • 30

2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichi ko'pchilik muxlislar qatorida Namanganning "Navbahor" klubi sobiq hujumchisi Katulondi Kati uchun ham o'ziga xos yoqimli tasodif bo'ldi.

Gap shundaki, futbolchining bir necha oy oldin bergan intervyusidagi niyati ushaldi.

Mavsum boshida "lochinlar" safiga kelib qo'shilgan Kongo Demokratik Respublikasi vakili Katulondi Kati Championat.asia saytiga bergan intervyusida ikki mamlakat bellashuvini kutayotganini aytgandi. O'sha paytda Kongo DR terma jamoasi mundial yo'llanmasi uchun saralashning pley-off bosqichida qatnashayotgan edi. Jurnalistning "Agar mundialda O'zbekiston va Kongo DR terma jamoalari bitta guruhdan joy olishsa, bunga qanday munosabat bildirgan bo'lardingiz?" degan savoliga hujumchi francuz tilida quyidagicha javob bergan:

– "Kongolik birodarlarimga omad tilayman. Umid qilamanki, O'zbekiston bilan jahon chempionatida uchrashamiz".

Darhaqiqat, Kongo DR pley-off bosqichida dastlab Kamerunni 1:0 hisobida, so'ngra Nigeriyani asosiy vaqtdagi 1:1 hisobidan keyin penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag'lub etib, qitalararo pley-off o'yinlariga yo'llanma oldi.

Meksikaning Gvadalaxara shahrida tashkil etilgan qitalararo pley-offning hal qiluvchi bahsida ular KONKAKAF vakili Yamayka bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'zbekiston va Kongo DR terma jamoalari JCH–2026 musobaqasida "K" guruhidan joy olishdi. Endilikda ular Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalaridan so'ng keyingi bosqich yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Biroq Katulondi Katining o'zi bu tarixiy to'qnashuvni O'zbekistonda turib kuzata olmaydi. Iyun oyida hujumchi "Navbahor" jamoasi bilan do'stona xayrlashdi. U namanganliklar safida qisqa vaqt davomida to'p surib, umumiy hisobda 10 ta o'yinda maydonga tushdi va 550 daqiqa harakat qilib, o'z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Nima bo'lgan taqdirda ham, sobiq "lochin" endilikda mundialda nafaqat o'z vatani, balki faoliyatining bir qismi o'tgan O'zbekiston terma jamoasining o'yinlarini ham katta qiziqish bilan kuzatishi shubhasiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar