Ekvador — Germaniya: JCH-2026 uchrashuvi uchun boshlang‘ich tarkiblar e’lon qilindi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 23:44
  • 45
  • 30

Bugun, 25 iyun kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati "E" guruhi 3-turidan o‘rin olgan Ekvador va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. O‘yin "Metlayf" stadionida (Ist-Raterford, AQSH) o‘tkaziladi. Uchrashuvda amerikalik Tori Penso bosh hakamlik qiladi. Hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da chalinadi.

Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari:

Ekvador: Galindes, InkapYE, Pacho, Ordonyes, Vite, Franko, Kaysedo, Yeboa, Valensiya, Plata, Angulo.

Germaniya: Noyer, Ryudiger, Ta, Kimmix, Raum, Pavlovich, Musiala, Virs, Zane, Nmecha, Xavers.

"E" guruhidagi ikkita turdan so‘ng Germaniya terma jamoasi 6 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallab turibdi. Nemislar muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini hal qilishgan. Ekvador esa 1 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan. Ikkinchi o‘rinda Kot-d'Ivuar (3 ochko), to‘rtinchi o‘rinda esa Kyurasao (1 ochko) bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyunga qadar davom etadi. Jamoalar o‘zaro bir davrada (har biri uchtadan o‘yin) to‘p surishadi. Har bir guruhdan eng yaxshi ikkita jamoa, shuningdek, uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 8 ta terma jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar