JCH-2026. Meksika 100 foizlik natija qayd etdi. Janubiy Afrika Janubiy Koreyadan pley-off yo‘llanmasini tortib oldi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 09:44
  • 200
  • 30

Meksikaning Mexiko shahridagi afsonaviy “Asteka” stadionida futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatining A guruhi 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

Chexiya — Meksika

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa vaqti-vaqti bilan raqib jarima maydonchasi yaqinida xavfli hujum tashkil qilishga harakat qilib ko‘rdi. Ammo darvozalar ishg‘ol qilinmadi. Jamoalar esa birinchi taymni 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlashdi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda meksikaliklar o‘z so‘zini aytdi. 55-daqiqada Mateo Chaves jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan olti daqiqa o‘tib Xulian Kinyones hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Uchrashuv yakuniga yaqin Alvaro Figaldo Meksikaning 3-goliga mualliflik qiladi va uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi. Chexiya o‘yinning qolgan daqiqalarida hisobni o‘zgartirishga urunib ko‘rdi, ammo raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadi.

Janubiy Afrika — Janubiy Koreya

Guruhning parallel kechgan ikkinchi uchrashuvi ham Meksikada, Monterreydagi “Estadio BBVA” o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. Unda Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) va Janubiy Koreya terma jamoalari pley-off yo‘llanmasi uchun o‘zaro maydonga tushdi. Boisi, pley-offga chiqish uchun koreyslarni durang ham qanoatlantirardi, Afrika qit’asi vakillariga esa faqat g‘alaba zarur edi. O‘ta muhim hisoblangan ushbu bahsda afrikaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol 63-daqiqada Tapelo Maseko tomonidan kiritildi. O‘yinning qolgan daqiqalarida koreyaliklar muvozanatni tiklash uchun qancha harakat qilmasin, darvozalar boshqa ishg‘ol etilmadi.

Jahon chempionati
A guruhi, 3-tur
Chexiya — Meksika 0:2
Gollar: 0:1 — Mateo Chaves (55), 0:2 — Xulian Kinyones (61), 0:3 — Figaldo (90+4).

Janubiy Afrika — Janubiy Koreya 1:0
Gol: 1:0 — Tapelo Maseko (63).

Uchinchi tur o‘yinlaridan so‘ng A guruhida turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Meksika — 9 ochko;
Janubiy Afrika — 4 ochko;
Janubiy Koreya — 3 ochko;
Chexiya — 1 ochko.

Natijalarga ko‘ra, guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunlagan Meksika va muhim g‘alabani qo‘lga kiritgan Janubiy Afrika terma jamoalari to‘g‘ridan to‘g‘ri pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. Janubiy Koreya esa 3 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi va eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari reytingini kutishiga to‘g‘ri keladi. Atigi 1 ochko jamg‘argan Chexiya esa musobaqa bilan xayrlashdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar