
Ayni daqiqalarda Bosniya va Gersegovina hamda Qatar terma jamoalari 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turi doirasida o‘zaro bahs olib borishmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi uchrashuv Bosniya terma jamoasining 40 yoshli yetakchisi Edin Jeko uchun yubiley o‘yinga aylandi. Bu uning milliy jamoa libosidagi 150-uchrashuvidir.
Jeko bosniyaliklar safidagi mazkur o‘yinlarida jami 73 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Edin Jeko Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga ilk bor 2007 yilda — deyarli 20 yil oldin chaqirilgan edi!
Eslatib o‘tamiz, birinchi taym davomida bosniyaliklar Jekoning yaqindan yordami bilan qatarliklarni ishonchli tarzda mag‘lub etishmoqda. Bunday natija bolqonliklarga uchinchi, balki ikkinchi o‘rin bilan pley-off bosqichiga yo‘l olish uchun yaxshi imkoniyat taqdim etadi.