Eron terma jamoasiga JCH-2026 o‘yinidan ikki kun oldin Sietlga yetib kelishga ruxsat berildi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 00:44
  • 712
  • 30

AQSH rasmiylari 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan Eron terma jamoasi uchun qo‘yilgan cheklovlarni biroz yumshatdi. NPR nashrining xabar berishicha, Eron jamoasi guruh bosqichining Misrga qarshi kechadigan so‘nggi uchrashuvidan 2 kun oldin Sietl shahriga yetib kelish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan oldin eronliklarga AQSH hududiga faqat o‘yindan bir kun oldin kirishga ruxsat berilgan edi. Juma kungi bahsdan so‘ng jamoa, avvalgi talabga muvofiq, mamlakat hududini zudlik bilan tark etishi shart bo‘ladi.

Eron terma jamoasi hozirda Tixuanada (Meksika) baza tashkil qilgan va chorshanba kuni Sietlga yo‘l oladi. Bundan avval Eron futbol federasiyasi harakatlanish cheklovlaridan bir necha bor norozilik bildirgan edi. Bosh murabbiy Amir Galenoi Belgiya bilan qayd etilgan durangdan so‘ng (0:0) jamoa logistika va tiklanish uchun vaqt yetishmasligi sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelganini ma’lum qilgandi.

Terma jamoa sardori Alirizo Jahonbaxsh ham jamoa turnirning boshqa ishtirokchilari bilan faqat teng sharoitlar yaratilishini so‘rayotganini alohida ta’kidlab o‘tgandi.

Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro boshlanganidan so‘ng, Eron o‘z o‘yinlarini Meksikaga ko‘chirishga harakat qilgan, biroq yakunda ularga faqat bazaviy lagerni AQSHning Tuson shahridan Meksikaning Tixuana shahriga ko‘chirishgagina ruxsat berilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar