
Guruh bosqichining 2-turida Portugaliya terma jamoasi 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Ronaldu birinchi bo'limda ikkita gol urdi va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
"Ushbu turnirda gol urayotgan boshqa top-o'yinchilar fonida 41 yoshda jahon chempionatida dubl qayd etish – bu aqlbovar qilmas natija. Uni tanqid qilishdi va u mana shunday javob qaytardi. U buni butun faoliyati davomida qilib kelgan.
U o'z ishida eng yaxshisi bo'lishni istaydi va u hamisha shunday bo'lib kelgan. Boshqa hujumchilar gol urganida, u to'purarlar ro'yxatini boshqarishni istaydi. Bunday reakciya – aynan undan kutish mumkin bo'lgan holat. U egoist, chunki eng yaxshisi bo'lishni istaydi, ammo shu bilan birga u jamoaviy o'yinchi.
Agar Messi va Ronalduga nazar tashlasangiz, ular o'z yoshlari uchun shunchaki aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirishmoqda", - dedi Runi.