
Rossiya milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Valeriy Gazzayev JCH-2026 guruh bosqichi 2-turida O‘zbekistonning Portugaliyaga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
— O‘zbekistonni jahon chempionatida ishtirok etayotgani bilan tabriklamoqchiman. Bu futbolchilar uchun eng yuqori darajadagi yutuqdir. Menimcha, bu mamlakatda futbol rivojlanishi uchun katta turtki beradi. Ayniqsa, ularda dunyoning eng yaxshi klublaridan biri — «Manchester Siti»da o‘ynayotgan Husanov bor.
O‘zbekistonning jahon chempionatida ishtirok etishi allaqachon katta yutuq hisoblanadi, — dedi Gazzayev.
Eslatib o‘tamiz, ikki turdan keyin O‘zbekiston terma jamoasi K guruhida ochko jamg‘armagan holda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etmoqda.