
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pavel Mamayev 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Portugaliya uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Ronaldu O‘zbekistonga gol uradimi?
— Bu juda og‘ir o‘yin bo‘ladi. O‘zbekiston terma jamoasi birinchi raqamda o‘ynamaydi, shoshilinch va ochiq futbol namoyish etmaydi. Menimcha, bahs Portugaliya — Kongo uchrashuviga o‘xshaydi. Krishtianuga juda qiyin bo‘ladi. Bunday o‘yinlarda hujumchilar uchun imkoniyat yaratish oson emas. Bir narsa — ochiq futbolda o‘ynash, boshqa narsa — raqib himoyasi qarshida harakat qilish. Ronaldu yana to‘rt-besh nafar futbolchi qurshovida qolishi mumkin. U o‘z imkoniyatini topish uchun yetarlicha sabr qila oladimi, bu savol, — dedi Mamayev.
— O‘zbekistonliklar portugaliyaliklarga gol urishlariga ishonasizmi?
— Albatta ishonaman. O‘zbekiston terma jamoasi juda yaxshi jamoa. Men hatto ularning Portugaliyani mag‘lub etishiga umid qilaman. Bu jamoa ruhiyati va hissiyotlari jihatidan bizga eng yaqin terma jamoa deb hisoblayman. Rossiyada ko‘pchilik O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlamoqda, men ham shular qatoridaman. Ularga muxlislik qilaman va g‘alaba qozonishlariga umid qilaman, — dedi sobiq futbolchi.