
2026 yilgi jahon chempionatining D guruhida Tursiya va Paragvay terma jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Jamoalar Santa-Klardagi (AQSH) «Levays» stadionida maydonga tushishdi. Uchrashuvni Ivan Barton (Salvador) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Ushbu o‘yinda Paragvay terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ikkinchi daqiqada paragvaylik yarim himoyachi Matias Galarsa hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunida Paragvay futbolchisi Migel Almiron maydondan chetlatildi — hujumchi qo‘li bilan og‘zini yopib nimadir dedi, hakam esa unga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Bu mag‘lubiyatdan keyin Turkiya hisobida 2 turdan keyin umuman ochko yo‘q va bu degani jamoa musobaqa bilan guruh bosqichidayoq xayrlashadi.