
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 guruh bosqichi 1-turida Jazoirga qarshi uchrashuvda qayd etgan xet-trikidan so‘ng o‘zining tarixiy yutug‘i haqida fikr bildirdi. "J" guruhidan o‘rin olgan bahs Argentinaning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
«Rostini aytsam, bu ro‘yxatdan joy olish men uchun katta sharaf. Ammo oxir-oqibat bu shunchaki statistika, xolos. Bu ko‘p narsani anglatmaydigan raqamlardir. Men erishgan barcha yutuqlarimdan mamnunman.
Aslini olganda, hozir boshimdan kechirayotgan barcha narsa — taqdirning menga bergan tuhfasidir. Xudoning marhamati bilan ham individual, ham jamoaviy darajada hamma narsaga erishdim. Endi hayotimning boshqa bir bosqichidaman va bu jarayondan zavq olyapman. Men har bir lahzadan bahra olishga harakat qilyapman», — dedi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Jazoirga qarshi o‘yinda qayd etgan xet-triki orqali Messi jahon chempionatlari tarixidagi gollar soni bo‘yicha germaniyalik Miroslav Klozening rekordini takrorladi. Har ikki futbolchi hisobida 16 tadan gol bor.
Argentina terma jamoasi keyingi uchrashuvini 22 iyun kuni Avstriyaga qarshi o‘tkazadi.