Roppa-rosa 32 yil avval AQSH mezbonlik qilgan ilk Jahon chempionati start olgan edi

  • Mr.NoBoDy 17.06.2026 12:11
  • 48
  • 30

Roppa-rosa 32 yil muqaddam, 1994 yilning 17 iyun kuni o‘n beshinchi Jahon chempionati — AQSH maydonlarida o‘tkazilgan ilk mundial boshlangan. Ochilish marosimi Chikago shahrida bo‘lib o‘tgan va o‘sha yerda Germaniya hamda Boliviya terma jamoalari o‘rtasidagi ilk uchrashuv o‘tkazilgan. O‘sha paytlarda turnirni amaldagi jahon chempioni bo‘lgan terma jamoa ochib berar edi. 2006 yildan boshlab esa ochilish o‘yinida mezbon mamlakat jamoasi ishtirok etib kelmoqda.

Bundan avval qatorasiga uch marta finalga chiqqan nemislar ushbu mundialning hal qiluvchi bahsigacha yetib bora olishmadi — ular chorak finalda Bolgariyaga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi. Musobaqada pragmatik futbol namoyish etgan Braziliya terma jamoasi g‘olib chiqdi va ular finalda italiyaliklarni penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi.

Ўхшаш янгиликлар