Messi Jahon chempionatida xet-trik qayd etgan to‘rtinchi argentinalikka aylandi

  • Mr.NoBoDy 17.06.2026 12:22
  • 110
  • 30

Lionel Messi Argentina terma jamoasi tarixida Jahon chempionatida xet-trik rasmiylashtirishga muvaffaq bo‘lgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Messi Jazoir terma jamoasi darvozasini uch bor ishg‘ol qilib, o‘z jamoasiga 3:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Ushbu xet-trik futbolchi uchun Jahon chempionatlaridagi faoliyatida birinchisi bo‘ldi.

Messiga qadar bir uchrashuvda raqiblar darvozasiga uchta to‘p kiritish Gonsalo Iguain, Gabriel Batistuta va Gilyermo Stabilega nasib etgan edi. Batistuta faoliyati davomida dunyo birinchiliklarida ikkita xet-trik qayd etgan yagona argentinalik hisoblanadi.

Argentina navbatdagi uchrashuvni Avstriyaga qarshi o‘tkazadi. Bahs 22 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv starti Moskva vaqti bilan soat 20:00 ga (Toshkent vaqti bilan 22:00 ga) belgilangan.

Ўхшаш янгиликлар