
18 yoshli vinger uchrashuvning 71-daqiqasida maydonga tushgan edi.
"Jahon chempionatidagi ilk o'yin va biz bir ochkoni qo'lga kiritdik. Bu uzoq davom etadigan musobaqa ekanligini va maqsadimiz hali oldinda ekanini bilamiz. Mehnat qilishda davom etamiz. Hammasi biz xohlagandek bo'ladi, bunga shubha qilmang.
Jarohatdan so'ng menga yana maydonga tushish imkoniyatini bergani uchun Yaratganga, shuningdek, har bir qadamimda doim yonimda bo'lib, meni qo'llab-quvvatlagan oilamga minnatdorchilik bildirmoqchiman", - deb yozdi Yamal.