
Rossiya futbol ittifoqi (RFS) bosh kotibi Maksim Mitrofanov Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) 211 ta a’zo milliy assosiasiya ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yangi turnirni anons qilganini ma’lum qildi.
«FIFA 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida yangi turnir tashkil etilishini e’lon qildi. Unda tashkilotga a’zo bo‘lgan 211 ta milliy assosiasiya ishtirok eta oladi. FIFAning prinsipial pozisiyasiga ko‘ra, mazkur musobaqaga ayrim milliy assosiasiyalarga nisbatan avval qabul qilingan qarorlar tatbiq etilmaydi. FIFA a’zosi bo‘lgan hech bir davlat ushbu turnir doirasida sanksiya ostida bo‘lishi mumkin emas.
Shu orqali FIFA o‘zining asosiy tamoyiliga qaytmoqda: futbol siyosatdan tashqarida bo‘lishi kerak. Bu tashkilotning barcha bolalar va o‘smirlar musobaqalarini ishtirokchilar uchun maksimal darajada ochiq qilish yo‘lidagi birinchi qadami hisoblanadi.
Shuningdek, turnir innovasion formatda o‘tkaziladi: o‘yinlar 7×7, 8×8 va 9×9 formatlarida, qisqartirilgan vaqt va kichraytirilgan maydonlarda bo‘lib o‘tadi. Bu format musobaqani yanada dinamik va yosh futbolchilar uchun qulay qiladi.
Biz umuman olganda FIFA va uning prezidenti Janni Infantino siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Futbol mamlakatlar o‘rtasida hamkorlik vositasi bo‘lishi kerak. Sportga nisbatan hech qanday sanksiya va cheklov qo‘llanilmasligi lozim, bu sport mohiyatiga zid. Umid qilamizki, mazkur loyiha yaqin vaqt ichida amalga oshiriladi», — dedi Mitrofanov RFI Telegram kanali orqali.