Kabo-Verde darvozaboni Ispaniyaga qarshi sensasion durangdan keyin ko‘z yoshini tiya olmadi

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 23:44
  • 427
  • 30

Kabo-Verde terma jamoasi 40 yoshli darvozaboni Jozimar Vozinya JCH–2026 guruh bosqichi 1-turi doirasida Ispaniyaga qarshi o‘yindan (0:0) keyin ko‘z yoshini tiya olmadi.

Darvozabon jahon reytingida 3-o‘rinda turgan Ispaniyaga qarshi uchrashuvda o‘z darvozasini goldan asrab qoldi. Kabo-Verde esa FIFA reytingida 64-pog‘onada joylashgan. Ispaniya ushbu bahsda 27 ta zarba bergan, shulardan 7 tasi aniq yo‘naltirilgan.

Guruh bosqichining 2-turida Ispaniya Saudiya Arabistoniga qarshi (21 iyun), 3-turda Urugvayga qarshi (27 iyun) maydonga tushadi. Kabo-Verde esa 2-turda Urugvayga (22 iyun), 3-turda Saudiya Arabistoniga (27 iyun) qarshi o‘ynaydi.

Ўхшаш янгиликлар