JCH-2026. Saudiya Arabistoni - Urugvay 1:1 (matnli translyatsiya)

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 04:48
  • 527
  • 30

Jahon chempionati birinchi turidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Urugvay uchrashuvi boshlandi.

Saudiya Arabistoni - Urugvay 1:1

Gol: Abdulloh Al Amri 41, Maks Arauxo 80

03:00, Mayami stadioni

Saudiya Arabistoni (4-4-2): Al-Ovays, Al-Harbi, Al-Amri, Tambakti, Abdulhamid, Al-Dari, Al-Xaybari, Kanno, Abu Al-Shamat, Al-Buraykan, Al-Juvayr.

Urugvay (4-4-2): Muslera, Vinya, Olivera, Kaseres, Varela, Arauxo, Bentankur, Ugarte, Valverde, Nunes, Vinyas.

67. Federiko Valverde jarima zarbasidan keyin darvoza tomon xavfli zarba yo'lladi, ammo Muhammad Al-Uvays to'pni qaytarib, jamoasini goldan qutqarib qoldi.

63. Saudiya Arabistoni terma jamoasida o'zgarish. Musab Al-Juvayr maydonni tark etdi, uning o'rniga Nosir Ad-Davsariy o'yinga qo'shildi.

60. Urugvayda ajoyib imkoniyat! Manuel Ugarte (Urugvay) jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi, ammo to'p chap ustunga tegib maydonga qaytdi.

51. Federiko Vinyas burchak zarbasidan keyin jarima maydonchasida to'pni boshi bilan darvoza tomon yo'lladi, ammo zarba chap ustun yonidan o'tib ketdi.

47. Federiko Vinyas jarima maydonchasiga uzatilgan aniq to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, ammo Saudiya Arabistoni darvozaboni jamoasini goldan qutqarib qoldi.

46. Marselo Belsa o'zgarish qildi. Darvin Nunes o'rniga Agustin Kanobbio maydonga tushdi.

46. Urugvay safida yana bir o'zgarish: Xuan Sanabriya Matias Vinya o'rnini egalladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


49. Birinchi bo'lim yakunlandi.

47. Urugvay juda xavfli hujum tashkil etgandi, ammo ofsayd bor ekan.

46. Birinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berildi.

45. Urugvaydan yaxshi hujum. Al Ovays to'pni egallab oldi.

44. Abdulloh Al Amri bugun faol. Ilk ogohlantirish ham unga nasib etdi. Qo'pollik uchun.

44. Saudiya Arabistoni ikkinchi gol uchun harakatni boshladi.

41. GOOOOOOL! Saudiya Arabistoni hisobni ochmoqda. Abdulloh Al Amri Musleradan qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Osiyoliklar yondirishmoqda.

38. Saudiya Arabistoni yaxshi hujumlar uyushtirmoqda.

37. Fernando Muslera! Ajoyib seyv. Al Amrining zarbasidan keyin to'pni darvozabon qaytardi.

30. Urugvayning 21-raqamli futbolchisi Federiko Vinyas ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi, biroq uning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi.

27. Uchrashuv qayta davom ettiriladi.

23. Jamoalar suv ichib olishadi, AQSH kanallarida esa reklama aylantiriladi.

20. Urugvay hujumda faollashdi, ammo yaqqol hujum yo'q

17. To'p nazorati Urugvay tomoniga o'tib bormoqda.

8. Ikkala jamoada ham yaroqsiz paslar ko'zga tashlanmoqda.

5. Dastlabki zarba esa Urugvay ijrosida. Maks Arauxoning zarbasini Ovays qaytardi.

3. Dastlabki hujum saudlar tomonidan amalga oshirildi.

1.  Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar tarkibi:

Ўхшаш янгиликлар