
Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba milliy jamoani JCH–2026 bosh sovrini uchun asosiy da’vogar deb atadi.
«Shaxsan men Fransiyani ushbu jahon chempionatining eng kuchli jamoasi deb hisoblayman. Ular favorit va aynan ular g‘olib bo‘ladi», — dedi Pogbaga tayanib Marca nashri.
Pogba 2018 yilgi jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi. U Fransiya terma jamoasi safida 91 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urgan. 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialda fransuzlar finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda Argentinaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgandi.
Fransiya terma jamoasi JCH–2026dagi ishtirokini 16 iyun kuni I guruh doirasida Senegalga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Guruh bosqichida fransuzlarning yana ikki raqibi Iroq va Norvegiya terma jamoalari bo‘ladi.