
Biroq Sabrining iste'fosi uchun ancha kutilmagan yana bir sabab bor - bu uning o'g'lining xulq-atvori.
Manbaning Tunis radiostanciyalaridan biriga tayanib takidlashicha, otasi tomonidan terma jamoa shtabiga jalb qilingan Lyamushining o'g'li Shvetsiyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyin muxlislar bilan mushtlashgan. Tunis futbol jamoatchiligi Lyamushi o'g'lining terma jamoa shtabidagi roli nimadan iborat ekanligini tushunmayapti.
Shu sababli, qarindosh-urug'chilik (nepotizm) borasida ko'plab tanqidlar va bahs-munozaralar yuzaga kelmoqda. Mahalliy futbol mutasaddilari nafaqat Tunis terma jamoasining o'yinidan, balki o'g'li tufayli bosh murabbiy atrofida paydo bo'lgan salbiy imij fondan ham norozi.
Qayd etilishicha, Lyamushi iste'foga chiqarilgan taqdirda Tunis terma jamoasini uning yordamchisi Vahbi Xazri qabul qilib oladi. Yakuniy qaror Tunis futbol federatsiyasining favqulodda yig'ilishida qabul qilinishi kerak.