
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Jahon chempionatining Kyurasaoga qarshi kechgan ilk uchrashuvidan (7:1) so‘ng diqqat markaziga tushdi. U sport ekipirovkasiga oid FIFA reglamentining biryo‘la 2 ta bandini buzdi, deya xabar bermoqda GMS.
40 yoshli golkiper maydonga o‘zgartirilgan formada chiqdi: uning futbolkasi yenglari sezilarli darajada kaltalashtirilgan bo‘lib, bu qoidalarga ziddir.
Bundan tashqari, Noyer sport libosi ostidan oq mayka kiyib olgan. Reglamentga ko‘ra, futbolchilarga asosiy forma rangidan farq qiladigan ranglardan foydalanish taqiqlanadi. Darvozabonning libosi esa yashil rangda edi.
Hakamlar bu vaziyatga aralashib, futbolchidan ekipirovkasini almashtirishni talab qilishmadi. Katta ehtimol bilan Noyer intizomiy jazodan qutilib qoladi, biroq manbalarning xabar berishicha, turnirning keyingi o‘yinlarida u rasmiy shaxslarning qattiqroq nazorati ostida bo‘lishi mumkin.