Gakpo kelajagi borasidagi qarorini ma’lum qildi

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 16:55
  • 9
  • 30

«Liverpul» vingeri Kodi Gakpo joriy transfer oynasida klubini o‘zgartirish niyatida. Bu haqda SoccerNews nashri xabar bermoqda.

Futbolist o‘z qarori haqida «qizillar» rahbariyatini allaqachon ogohlantirgan. Gakpoga «Tottenxem» klubi da’vogarlik qilmoqda. Futbolchi 2023 yilda PSVdan «Liverpul»ga o‘tgan edi.

Kodi Gakpo «qizillar» safida umumiy hisobda 180 ta o‘yinda maydonga tushgan. Ushbu uchrashuvlarda vinger 50 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар