Van der Vaart: «Van Deykning o‘yini meni shokka tushirdi»

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 16:55
  • 12
  • 30

Niderlandiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vaart Yaponiyaga qarshi o‘yindan so‘ng «olovranglar» sardori Virjil van Deykning o‘yinini tanqid qildi. Jahon chempionati guruh bosqichi birinchi turidan o‘rin olgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.

«Liverpul» himoyachisi gol urganiga qaramay, sobiq futbolchi uning himoyadagi harakatlaridan va qaror qabul qilish tezligidan norozi bo‘ldi.

«To‘g‘risini aytishim kerak: van Deykning o‘yini meni shokka tushirdi. Uni kuzata turib, hammasi juda yomon ko‘rinayotgani haqida o‘yladim. Unga haqiqatan ham qiyin bo‘lmoqda. U xuddi burilishga qiynalayotgan «Boing-747» samolyotiga o‘xshaydi. Turnir davomida u tezroq harakat qila boshlaydi deb umid qilaman», – dedi van der Vaart NOS studiyasidagi chiqishida.

Ronald Kuman shogirdlari navbatdagi uchrashuvni 20 iyun kuni Shvesiyaga qarshi o‘tkazishadi.

Ўхшаш янгиликлар