"Atletiko" Bernarduga "Barselona"dan ikki baravar ko'p maosh va asosiy tarkibdan joy taklif qildi

  • Mr.NoBoDy 10.06.2026 23:00
  • 252
  • 30

Bernarduning "Barselona"ga o'tishi ehtimoli kamayib bormoqda.

"El Chiringuito" xabariga ko'ra, "Atletiko" Bernardu Silvaga "Barselona" taklif qilganidan ikki baravar ko'p maosh vada qilgan. Bundan tashqari, "matraschilar" kataloniyaliklardan farqli o'laroq, "Man Siti"ning sobiq yarim himoyachisiga asosiy tarkibdan joy kafolatlamoqda. "As" nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi o'tgan haftada bitim deyarli hal bo'lganiga qaramay, so'nggi paytlarda "Barselona"dan sezilarli darajada uzoqlashgan. O'yinchi ikki mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzolashi kerak edi. Kataloniya klubi uning imzosi uchun aukcionda qatnashmoqchi emasligini bildirdi. Ikki yillik shartnoma bo'yicha taklif berilgandi va "Barsa"da dastlab uning qabul qilinishiga ishonishgandi. Bernarduga "Real" ham qiziqish bildirmoqda.

Ўхшаш янгиликлар