Messi va Son bir jamoada o‘ynaydi

  • Mr.NoBoDy 05.06.2026 23:11
  • 424
  • 30

MLS rasmiy saytida liga jamoasining kelasi oy bo‘lib o‘tadigan Yulduzlar o‘yini uchun qaydnomasi e’lon qilindi. Kutilganidek, «Inter Mayami»ning yulduz hujumchisi Lionel Messi ushbu qaydnomadan joy oldi.

MLS Yulduzlar terma jamoasi muxlislar, futbolchilar va jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan hamkorlikdagi ovoz berish natijalariga ko‘ra saralab olindi. MLS Yulduzlari jamoasi qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar orasida «Los-Anjeles» klubi a’zosi Son Xyon Min ham bor.

Yulduzlar o‘yinida MLS jamoasi Meksikaning «Liga MX» Yulduzlari jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 29 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Hozirgi vaqtda Lionel Messi Argentina terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib, Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar