Fabio Kannavaro: "Yigitlar qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo'lishmadi"

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 01:40
  • 579
  • 30

Portugaliya hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2026 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvidan (5:0) so'ng Fabio Kannavaro matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Albatta Jahon chempionatidagi ilk ishtirok oson bo'lmasligi tabiiy. Qur'a natijalari chiqqanidan so'ng Kolumbiya va Portugaliyani ko'rib, bizni juda qiyin guruh kutayotganini tasavvur qilgandik.

Kolumbiyaga qarshi o'yindan keyin ham jamoamdan faxrlanishimni aytgandim, bugun ham jamoam bilan faxrlanaman. Chunki ularni ko'rdim. Ha, qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo'lishmadi.

Albatta, barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi futbolchilarga ega jamoaga qarshi o'ynash doim qiyin.

Shubhasiz, ular juda katta motivaciya bilan maydonga tushishgan edi. Biroq ayganimdek, bu Jahon chempionati biz uchun tajriba” - dedi Kannavaro.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar