Luis Enrike kechagi uchrashuvni faoliyatidagi eng yaxshisi deb atadi

  • Mr.NoBoDy 29.04.2026 08:24
  • 436
  • 30

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike kechagi ajoyib bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu juda keskin va asabiy o'yin bo'ldi. Hech shubhasiz, bu men murabbiy sifatida ishtirok etgan eng yaxshi o'yin. Garchi bir kilometr ham yugurmagan bo'lsam-da, men juda charchadim. Shuning uchun o'yinchilarning o'zlarini qanday his qilayotganini hatto tasavvur ham qila olmayman", - dedi Enrike ESPN nashriga.

Eslatib o'tamiz, javob uchrashuvi bir haftadan so'ng, 6 may kuni bo'lib o'tadi. O'yin Myunxenda o'tkaziladi.

Ўхшаш янгиликлар