"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani kechagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi

  • Mr.NoBoDy 29.04.2026 08:48
  • 636
  • 30

Myunxenning "Bavariya" jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani PSJga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Energiya juda yuqori edi. Biz bardosh berdik va o'zimiz ham xavfli vaziyatlar yaratdik. Faqat o'tkazib yuborilgan gollar haqida gapiradigan bo'lsak, odatda yarim finalda safarda beshta gol o'tkazib yuborgan jamoa turnirdan chiqib ketadi. Ammo biz yaratgan vaziyatlarga nazar tashlasak, yana ham ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Bu bizga ishonch bag'ishlashi kerak. O'yinda hech narsa chiqmayotgan paytlarda vaziyatni o'zgartirish qiyinligini aytish mumkin. Lekin biz bugungidek o'ynasak, menimcha, javob uchrashuvida o'zimiz istagan natijaga erishamiz", - dedi Kompani UEFA rasmiy saytiga.

Ўхшаш янгиликлар