Anvar G'ofurov: "Ayrim futbolchilar bahsga 100% tayyor emasdek tuyuldi"

  • Mr.NoBoDy 29.04.2026 00:56
  • 1815
  • 30

"So'g'diyon" hamda "Surxon" o'rtasidagi Superliganing 10-tur uchrashuvidan (5:2) so'ng mehmonlar ustozi Anvar G'ofurov matbot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida: “Avvalo, “Sug'diyona” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'z o'yinimizga to'xtaladigan bo'lsam, ayrim futbolchilar bahsga 100% tayyor emasdek tuyuldi va bu o'yinda ham yaqqol sezildi. Shunga qaramay, mukammal darajaga chiqish uchun jamoa sifatida hali ko'p ishlashimiz kerak.

Hozircha vaqt biroz tig'iz, taqvim zich. Biroq bu ham ijobiy jihatga ega - o'yinlar ko'pligi sabab rotaciya bo'lyapti va deyarli barcha futbolchilarga imkoniyat berilmoqda. Ammo bu imkoniyatdan kim qanday foydalanayotgani - bu alohida masala.

Bugun aniq aytish mumkinki, futbolchilar o'yinga to'liq kirishib keta olishmadi. Lekin bu futbol - har doim ham bir xil natija bo'lavermaydi, har doim ham g'alaba qozonib bo'lmaydi. Qaysi jamoa bo'lishidan qatiy nazar, bu tabiiy holat, bazida yuksalish bo'ladi, bazida pasayish. G'alaba va mag'lubiyat doimo yonma-yon yuradi.

Shaxsan o'zim ham mas'uliyatni his qilaman - balki ayrim xatolarga yo'l qo'ygandirman. Eng muhimi, biz bir jamoa bo'lib ishlashda davom etishimiz kerak. Ishonamanki, vaqt o'tishi bilan jamoamiz yanada yaxshilanadi va ijobiy o'zgarishlar bo'ladi”.

Ўхшаш янгиликлар