
"Bu ajoyib tuyg'u. Biz g'olib chiqishimiz shart edi - nafaqat "Lids"ga qarshi so'nggi o'yin tufayli, balki undan oldin ikkita o'yinda g'alaba qozona olmaganimiz uchun ham. Biz sifatli o'yin ko'rsatishimiz kerakligini bilardik, chunki "Chelsi" - juda kuchli jamoa.
Va bu yerda g'alaba biz uchun juda muhim edi, chunki maqsadimiz kuchli to'rtlikka kirish ekanligini tushunamiz va ular kuchli beshlikka eng yaqin. Ulardan uzoqlashishimiz uchun ham g'alaba juda zarur edi", – dedi Fernandesh.
"Manchester Yunayted" 58 ochko to'plagan va APLda 3-o'rinda bormoqda. "Chelsi" ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilgan holda 48 ochko bilan 6-pog'onaga joylashgan.
TNT Sports