
"Eng muhimi - himoyadan boshlab, Italiya futbolini butunlay qayta qurish. Dunyo hurmatini qayta qozonish va yana bir bor jahon chempioni bo'lganimizdek, buyuk jamoaga aylanish uchun haqiqatga yuz tutish kerak. Bizda juda istedodli yosh o'yinchilar bor - ularga o'zini ko'rsatish va rivojlashish uchun vaqt berishimiz kerak. Vaqt - bu yagona haqiqiy mo'jizaviy davo. Agar biz tub o'zgarishlarni xohlasak, Pep - bunga mos inson. Bu qiyin, ammo orzu qilish bepul", – dedi Bonuchchi.
Avvalroq Italiya terma jamoasi JCH-2026ga chiqa olmagan va pley-offda Bosniya va Gertsegovinaga yutqazgan (1:1, penaltilar seriyasida - 1:4), shundan so'ng bosh murabbiy Jennaro Gattuzo ishdan bo'shatilgan edi.