“Kattaqo'rg'on” uy uchrashuvlarini “Afrosiyob Arena”da o'tkazadi

  • Mr.NoBoDy 21.04.2026 16:08
  • 151
  • 30

“Kattaqo'rg'on” klubi Proliga doirasidagi “Aral” jamoasiga qarshi uchrashuvini Samarqand shahridagi "Afrosiyob Arena"da olib boradi.

Klub qisqa vaqt ichida ushbu stadionga viloyat sporti ravnaqi yo'lida sarmoya kiritib, uni Proliga talablariga mos holatga keltirdi – maydon chimi parvarish qilindi, stadion translyatsiya qilish uchun moslashtirildi. Natijada “Afrosiyob Arena” yuqori darajadagi futbol uchrashuvlarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Kattaqo'rg'on tumanidagi rekonstrukciya qilinayotgan stadion to'liq tayyor bo'lgunga qadar, jamoa o'z uy uchrashuvlarini Samarqanddagi ushbu arenada o'tkazadi.

3.jpg4.jpg5.jpg6.jpg7.jpg

Ma'lumot uchun, “Afrosiyob Arena” 2004 yilda Universiada–2004 Respublika talabalar sport o'yinlarini o'tkazish maqsadida qurib bitkazilgan.

Ўхшаш янгиликлар