"Manchester Yunayted" "Real" yulduzini sotib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy 21.04.2026 17:48
  • 577
  • 30

MYU yozgi transfer oynasida Kazemironing kyetishini hisobga olgan holda ikki yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Klubning maqsadlaridan biri - yuqori malakali tayanch yarim himoyachisini sotib olish.

"The Telegraph"ning yozishicha, Orelen Chuameni "Manchester Yunayted"ning nomzodlar ro'yxatida yuqori o'rinlarda turadi. "Qizil iblislar" "Real" Madrid xavbekining holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Shu bilan birga, Chuamenining kelajagi "Real"ning yozda yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashiga bog'liq bo'lishi mumkin. Misol uchun, madridliklar prezidenti Florentino Peres "Manchester Siti" futbolchisi Rodrini yoqtiradi.

26 yoshli Orelen Chuameni Transfermarkt tomonidan 75 million evroga baholanyapti.

Ўхшаш янгиликлар