MYU 16 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 40 mln evro taklif qiladi

  • Mr.NoBoDy 21.04.2026 18:56
  • 336
  • 30

"Manchester Yunayted" braziliyalik Eduardo Konseysao uchun 40 mln evro to'lashga tayyorligini bildirdi.

Bu haqda UOL xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi yaqin kunlarda "Palmeyras" vingeri uchun rasmiy taklif bilan chiqishi kutilmoqda. "Manchester Yunayted" skautlari futbolchini so'nggi Janubiy Amerika yoshlar chempionatida kuzatib borgan. O'shanda Braziliya uchinchi o'rinni egallagan va u musobaqada ikkita gol urgandi.

"Palmeyras" bu taklifni qabul qilishi ehtimoldan yiroq, chunki ular kamida 50 mln evro olishni xohlamoqda.

Avvalroq futbolchiga "Manchester Siti" va "Barselona" qiziqish bildirgan. Shuni takidlash kerakki, Konseysao 18 yoshga to'lguncha "Palmeyras"da qoladi.

Ўхшаш янгиликлар