
"Sky Sports" nashrining xabariga ko'ra, 47 yoshli niderlandiyalik mutaxassis jamoani YCHLga olib chiqsa, o'z o'rnida qoladi.
Kelasi mavsumda Angliyadan kamida beshta jamoa Chempionlar Ligasida ishtirok etadi. Ayni damda "qizillar" APL turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turishibdi va mavsum tugashiga beshta tur qolganda 6-o'rindagi "Chelsi"dan 7 ochko oldinda bormoqda.
O'tgan mavsumda "Liverpul"ni APL chempionligiga etaklagan Slot uchun bu yilgi mavsum og'ir kechdi. Jamoa chempionlik poygasida "Arsenal" va "Manchester Siti"dan ancha orqada qoldi va so'nggi besh yil ichida ilk bor mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bo'ldi.
Shunga qaramay, klub rahbariyati murabbiyni qo'llab-quvvatlashda davom etadi. Yozda jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytirish rejalashtirilgan. Ayniqsa, jamoa yetakchisi Muhammad Saloh ketganidan so'ng hujum chizig'ini qayta shakllantirish ustuvor vazifa etib belgilangan.