
Manbaning xabar berishicha, klub 20 yoshli shvetsiyalikning o'sishini qayd etib, unga muntazam o'yin amaliyotiga ehtiyoj tug'ilayotganini tushunmoqda. "Monako", "Portu" va "Shtutgart" allaqachon futbolchiga qiziqish bildirgan. Qaror yaqin haftalarda qabul qilinadi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 23 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uning qiymatini 15 million evroga baholamoqda.