Eron terma jamoasining JCH-2026da ishtirok etish shartlari ma'lum qilindi

  • Mr.NoBoDy 21.04.2026 15:24
  • 926
  • 30

Eron sport vaziri Ahmad Donyamali milliy terma jamoa o'yinchilarining xavfsizligi taminlanishi kerakligini ta'kidladi.

"Agar AQSHda milliy terma jamoa o'yinchilarining xavfsizligi taminlansa, biz Jahon chempionatiga boramiz. Biroq ishtirok etish to'g'risidagi qaror hukumat va [Eron] Oliy milliy xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilinadi", – dedi Donyamali.

Avvalroq Eron AQSH va Isroil bilan mojaro tufayli turnirdan chiqib kyetishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Eron "G" guruhida Yangi Zelandiya, Belgiya va Misr bilan o'ynashi rejalashtirilgan.

Ўхшаш янгиликлар